Alif - Bosh sahifa

Alif Education — xorijiy tillar markazi

Markazimiz maqsadi
Axborot texnologiyalari asrida internet barcha chegaralarni bartaraf etib, har birimiz uchun yangi imkoniyatlar olamini ochmoqda. Imkoniyatdan foydalanish uchun esa kerakli aloqa vositalarini shakllantirish kifoya. Alif Education jamoasining asosiy maqsadi nafaqat chet tillarini oʻrgatish, balki olingan bilim va koʻnikmalardan 21-asrda toʻlaqonli foydalanishga yordam berishdan iborat.
Nega biz?
Biz tillarni samarali oʻrganish uchun barcha sharoitlarni yaratamiz, shu sababli mashgʻulotlarimiz oʻquvchilar uchun maksimal darajada qulay oʻtkaziladi. Til egasi bilan muntazam muloqot, foydali va qiziqarli klublardagi haftalik uchrashuvlar va interaktiv mashgʻulotlar ingliz tili muhitiga moslashishga yordam beradi. Biz har bir oʻquvchiga nafaqat yangi tillar va madaniyatni kashf etishga, balki oʻquvchining oʻz qiziqishlari boʻyicha doʻstlar doirasini kengaytirishiga koʻmaklashamiz. Markazimizdagi doʻstona muhit va muntazam muloqot har qanday yoshdagi oʻquvchining shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Foydali ko’nikmalarni rivojlantirish
Mashgʻulotlar va klubdagi uchrashuv mobaynida har bir ishtirokchi muloqot qilish, jamoada ishlash, ijodiy va tanqidiy fikrlash kabi koʻnikmalarni rivojlantirish imkoniyatiga ega boʻladi.
Sinov darsi
Xorijiy tillarni oʻrganishga ishtiyoqingiz sababli saytimizga kirib qoldingizmi? Vaqtni boy bermang! Markazimizga keling va muhit bilan bepul sinov darsida tanishib oling.
Malakali ustozlar
"Markazda mahalliy tajribali ustozlar bilan bir qatorda til egalari ham faoliyat yuritishadi. Oʻqituvchilarning interaktiv yondashuvi har bir mashgʻulot maksimal darajada samarali boʻlishiga yoʻnaltirilgan. "
Markaz joylashuvi
Alif Education poytaxt markazida – “Oybek” metro bekatidan 50 metr masofada joylashgan. Markazning qulay joylashuvi oʻquvchilar darsga koʻtarinki kayfiyatda osonlik bilan yetib kelishlari uchun xizmat qiladi va dars samaradorligini oshirishga koʻmaklashadi.

Ingliz tilini qanchalik yaxshi bilasiz?

A0
Starter
Erkin muloqot qilish uchun bir nechta iboralarni bilaman. Ingliz tilida oddiy qisqa gaplarni gapirish, oʻqish va yozishni bilaman.
A1
Elementary
Oʻzim haqimda gapirib berib, suhbatdoshimdan uning oilasi, sevimli mashgʻulotlari va ishi haqida soʻray olaman. Men eshitgan tanish gaplarni tushinishni boshlayapman.
A2
Pre-Intermediate
Men kundalik hayotimda xabarlar yozish va matnlarni oʻqish uchun ingliz tilidan foydalanishni boshlayapman.
B1
Intermediate
Grammatik shakllardan foydalanib yoza olaman. Men chet elliklar nutqini tushunaman va oʻrganilgan mavzular doirasida ravon suhbatlasha olaman.
B2
Upper-Intermediate
Men murakkab grammatik shakllar va turli xil sinonimlardan foydalanib bemalol gapira olaman. Berilgan mavzu boʻyicha murakkab insholar yozishim mumkin.
C1
Advanced
Men ingliz tilini aʼlo darajada bilaman va grammatik xatolarsiz yozaman. Chet elliklar bilan erkin gaplasha olaman.
Varaqlash uchun yonga suring

Bizning kurslar

Черновик
Черновик
Черновик
Черновик
Korporativ kurslar

Kompaniya xodimlari uchun interaktiv va samarali ingliz tili dasturi. Biznes mavzusida ingliz tilidagi amaliy hamda foydali mavzularni oʻrganish.

110 daqiqa
1 350 000 soʻmdan
18 yoshdan
Haftada 3 marta
IELTS

Jahon miqyosda tan olinadigan akademik test sizga xalqaro taʼlim eshiklarini ochadi va dunyo boʻylab sayohat qilish imkoniyatini beradi.

110 daqiqa
590 000 so‘mdan
16 yoshdan
Haftada 3 marta
General English

Audio, video va matnli materiallarni oʻz ichiga olgan keng qamrovli ingliz tili kursi. Sinflar interaktiv tarzda oʻzaro tengdoshlar guruhida yoki oʻqituvchi bilan individual ravishda oʻtkaziladi.

110 daqiqa
550 000 so‘mdan
12 yoshdan
Haftada 3 marta

Bizning klublar

Alif Education oʻquvchilari uchun
Bizga qo‘shiling
Xorijiy tilni oʻrganishda bosimning yoʻqligi va guruhdoshlar qoʻllab-quvvatlovi muhim rol oʻynaydi. Alif Education oʻquvchilari mavzulashtirilgan klublar doirasida yangi bilim va koʻnikmalarni erkin sharoitda bepul qoʻllashlari mumkin.
Movie Сlub

Haqiqiy kinomanlar klubi.

Qisqa metrajli film, multfilmlar va TED Talks chiqishlarini tomosha qilamiz. Koʻrilgan maʼlumotlarni muhokama qilamiz, yangi soʻzlar va iboralarni oʻrganib, tinglash qobiliyatimizni oshiramiz.

Мinimal bosqich: Beginner

Walking club “Christopher Walken”

Shahar boʻylab sayr qilishni yoqtiradiganlar uchun.

Boʻsh vaqtimizni faol ravishda oʻtkazib, Toshkent boʻylab birgalikda sayr qilamiz, madaniy va sport tadbirlariga boramiz. Bir-birimiz bilan ingliz tilida taassurotlar bilan oʻrtoqlashamiz.

Мinimal bosqich: Beginner

Board games club “Have fun”

Stol oʻyinlarini sevuvchilar uchun.

Stol oʻyinlari muhitga kayfiyat bahsh etibgina qolmay, soʻzlashuvda yordam beradigan iboralarni eslab qolishga koʻmaklashadi.

Мinimal bosqich: Beginner

Speaking club “Coffee time”

Erkin muloqot klubi.

Ishtirokchilar choy yoki kofe ustida qiziqarli mavzularda muloqot qilishlari mumkin. Erkin va qulay sharoit notanish insonlar bilan soʻzlashuvdagi toʻsiqlarni yengib oʻtishga yordam beradi.

Мinimal bosqich: Beginner

Speaking club “Storytellers”

Jamoat oldida chiqishni yoqtiradiganlar klubi.

Ishtirokchilar sahnadagi qoʻrquvni yengib, oʻz gʻoyalari va fikrlarini tinglovchilar oldida ifoda etish amaliyotini mashq qiladilar.

Minimal bosqich: Pre-Intermediate

Writing club “Masters of text”

Yozish mahorati klubi.

Ingliz tilida yozishning ijodiy koʻnikmalarini kashf qilishga yordam beradi. Ishtirokchilar yozma murojaatlarning rasmiy va norasmiy shakllarini oʻrganib chiqadilar.

Мinimal bosqich: Pre-Intermediate

Club “Great Debaters”

Muzokara ishqibozlari uchun klub.

Klub ishtirokchilari tanqidiy fikrlash, dolzarb mavzular yuzasidan oʻz fikrlarini aniq ifodalash va dalil keltirish qobiliyatini rivojlantiradilar. Hakamni oʻzining haqligiga ishontira olgan ishtirokchi gʻalaba qozonadi.

Minimal bosqich: Pre-Intermediate

Reading club “Literature circle”

Kitobsevarlar klubi.

Ishtirokchilar oʻqib chiqilgan parcha yoki asarlarni muhokama qiladilar. Shunday qilib, har bir ishtirokchida oʻqish, muloqot qilish va tanqidiy fikrlash koʻnikmalari rivojlanadi.

Мinimal bosqich: Pre-Intermediate

Manzil: Toshkent shahar, Oybek ko'chasi, 10. Mo'ljal: "Oybek" metro bekati