Alif Education — xorijiy tillar markazi
Ingliz tilini qanchalik yaxshi bilasiz?
Bizning kurslar
Bolalar uchun til ko’nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan maxsus kurs. Mashg’ulotlar davomida biz til to’sig’idan birgalikda halos bo’lamiz, inglizcha nutqni yaxshiroq tushunishni o’rganamiz va bularning barchasi qiziqarli o’yinlar orqali amalga oshiriladi! Bolalar deyarli teng darajadagi bilimga ega bo’lgan tengdoshlari ichida o’zlarini qulay his qilish imkoniga ega bo’ladilar.
Kattalardagi til ko’nikmalarini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan maxsus kurs. Mashg’ulotlarda biz interaktiv shaklda til to’sig’idan xalos bo’lishga, soft skills qobiliyatlarini oshirishga, ingliz tilidagi nutqni oson tushunishga yordam beramiz.
Ushbu kurs qisqa vaqt ichida eng yaxshi natijalarga erishishni istaganlar uchun. Olti haftalik intensiv mashg'ulotlar ikki formatda o'tkaziladi. Barcha mashg’ulotlarda qatnashganlar uchun maqsadli ball IELTS 6.5-8.0
Biz ingliz tilining barcha darajalarini kompleks yondashuv orqali o’rgatish orqali o'quvchilarning barcha qobiliyatlarini teng darajada rivojlantiramiz: Speaking, Listening, Reading, Writing. Biz uchun o’quvchiga barcha materiallarni aniq tushuntirish va har bir o’quvchi mavzuni to'liq o'zlashtirganligiga ishonch hosil qilish muhimdir.
Biz ingliz tilining barcha darajalarini kompleks yondashuv orqali o’rgatish orqali o'quvchilarning barcha qobiliyatlarini teng darajada rivojlantiramiz: Speaking, Listening, Reading, Writing. Biz uchun o’quvchiga barcha materiallarni aniq tushuntirish va har bir o’quvchi mavzuni to'liq o'zlashtirganligiga ishonch hosil qilish muhimdir.
Bizning klublar
Haqiqiy kinomanlar klubi.
Qisqa metrajli film, multfilmlar va TED Talks chiqishlarini tomosha qilamiz. Koʻrilgan maʼlumotlarni muhokama qilamiz, yangi soʻzlar va iboralarni oʻrganib, tinglash qobiliyatimizni oshiramiz.
Мinimal bosqich: Beginner
Shahar boʻylab sayr qilishni yoqtiradiganlar uchun.
Boʻsh vaqtimizni faol ravishda oʻtkazib, Toshkent boʻylab birgalikda sayr qilamiz, madaniy va sport tadbirlariga boramiz. Bir-birimiz bilan ingliz tilida taassurotlar bilan oʻrtoqlashamiz.
Мinimal bosqich: Beginner
Stol oʻyinlarini sevuvchilar uchun.
Stol oʻyinlari muhitga kayfiyat bahsh etibgina qolmay, soʻzlashuvda yordam beradigan iboralarni eslab qolishga koʻmaklashadi.
Мinimal bosqich: Beginner
Erkin muloqot klubi.
Ishtirokchilar choy yoki kofe ustida qiziqarli mavzularda muloqot qilishlari mumkin. Erkin va qulay sharoit notanish insonlar bilan soʻzlashuvdagi toʻsiqlarni yengib oʻtishga yordam beradi.
Мinimal bosqich: Beginner
Jamoat oldida chiqishni yoqtiradiganlar klubi.
Ishtirokchilar sahnadagi qoʻrquvni yengib, oʻz gʻoyalari va fikrlarini tinglovchilar oldida ifoda etish amaliyotini mashq qiladilar.
Minimal bosqich: Pre-Intermediate
Yozish mahorati klubi.
Ingliz tilida yozishning ijodiy koʻnikmalarini kashf qilishga yordam beradi. Ishtirokchilar yozma murojaatlarning rasmiy va norasmiy shakllarini oʻrganib chiqadilar.
Мinimal bosqich: Pre-Intermediate
Muzokara ishqibozlari uchun klub.
Klub ishtirokchilari tanqidiy fikrlash, dolzarb mavzular yuzasidan oʻz fikrlarini aniq ifodalash va dalil keltirish qobiliyatini rivojlantiradilar. Hakamni oʻzining haqligiga ishontira olgan ishtirokchi gʻalaba qozonadi.
Minimal bosqich: Pre-Intermediate
Kitobsevarlar klubi.
Ishtirokchilar oʻqib chiqilgan parcha yoki asarlarni muhokama qiladilar. Shunday qilib, har bir ishtirokchida oʻqish, muloqot qilish va tanqidiy fikrlash koʻnikmalari rivojlanadi.
Мinimal bosqich: Pre-Intermediate